• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlari majburiy undirilmoqda!
Jamiyat
Iqtisodiyot
Huquq

Vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlari majburiy undirilmoqda!

  • 19.12.2023 / 12:11
  • 514
  • 0
111

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari bilan hamkorlikda “mahallabay” asosida ishchi guruhlar tashkil etilib, qarzdor jismoniy va yuridik shaxslardan soliq qarzdorliklari undirilmoqda.

Soliqlar – milliy iqtisodiyotimizning muhim tayanchi, to‘kin va obod turmushimiz kafolati. Bu haqida davralarda ko‘p aytiladi, televideniye va radioda ko‘p gapiriladi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘p yoziladi. Afsuski, ayrim soliq to‘lovchilar bu gap-so‘zlarni eshitmagandek, qonunchiligimizda belgilangan o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini qasddan to‘lamaslikni ham qaltis odatga aylantirayotganga o‘xshaydi. Joylardagi bunday harakatlar soliqlarni majburiy tartibda undirishga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari ish yurituvida bo‘lgan qariyb 8 931 ta soliq qarzdorligi bo‘yicha 2,119 trillion so‘mdan ortiq ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Shu kungacha ularning 6 386 tasidan 1 trillion 840 milliard 063 million so‘mlik qarzdorlik undirilib, tegishli hujjatlar ijrosi ta’minlangan.

Ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida qarzdorlarga tegishli mol-mulklar xatlovga olinib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Buni qarangki, yil yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Lekin, viloyatda hali ham soliq idoralari oldidagi majburiyatlarini bajarmay, o‘tayotgan yilning yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdor bo‘lib qolayotgan shaxslar bor.

Mazkur qarzdorlikni so‘ndirish uchun MIB Farg‘ona viloyati va tumanlar bo‘limlaridagi ijro hujjatlariga asosan 1 676 791 nafardan ortiq jismoniy shaxsning ish joyi aniqlanib, ularning ish haqlariga talabnoma yuborildi.

MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar