• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Namangan viloyati hokimi o‘rinbosarining qamoqqa olingani yuzasidan rasmiy xabar berildi
Jamiyat
Huquq

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosarining qamoqqa olingani yuzasidan rasmiy xabar berildi

  • 19.12.2023 / 18:30
  • 1097
  • 0
111

Namangan viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saidahmad Sultonovning qanday tarzda qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida Namangan viloyati prokurori o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Saidahmad Sultonovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2023-yil 16-dekabrdagi ajrimi bilan Namangan viloyati prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Saidahmad Sultonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Namangan viloyati hokimligida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyada Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan G‘ofir Jamolov viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. Aynan ushbu lavozimda bungacha Saidahmad Sultonov faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar