• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Davolovchi muassasalar xodimlari kasbiy javobgarligini sug‘urtalasa bo‘ladimi?
Jamiyat
Iqtisodiyot
Tibbiyot

Davolovchi muassasalar xodimlari kasbiy javobgarligini sug‘urtalasa bo‘ladimi?

  • 21.12.2023 / 15:00
  • 552
  • 0
111

Farg‘ona shaharidagi 1-sonli oilaviy poliklinikada “Davolovchi muassasalar xodimlari kasbiy javobgarligi sug‘urtasining o‘ziga xos jihatlari va afzalligi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Farg‘ona filiali  bosh anderrayteri G‘olibjon Saydaliyev sug‘urta polisi haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Davolash yoki muolaja davrida ayrim tibbiyot xodimlarining ehtiyotsizligi oqibatida bemorlarning hayoti, salomatligiga zarar yetishi mumkinligi, sug‘urtaning ushbu turi shunday holatlarda yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta himoyasini taqdim etishi ta’kidlandi. Shuningdek, zamonaviy tibbiy uskunalarni sug‘urtalash ham manfaatli himoyani ta’min etishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
Farg‘ona filiali Axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar