• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Fargʻonada pirotexnika vositalarini yoʻq qilish tadbiri oʻtkazildi
Jamiyat
Huquq
Voqealar

Fargʻonada pirotexnika vositalarini yoʻq qilish tadbiri oʻtkazildi

  • 26.12.2023 / 20:09
  • 938
  • 0
111

Yangi yil bayrami arafasida turli koʻngilsizliklar sodir boʻlishining oldini olishga har birimiz masʼulmiz. Lekin, koʻpchilikni qiynayotgan bir muammo bor! 

Har yili Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalarini mamlakatimiz hududiga noqonuniy olib kirishga urinishlar koʻplab sodir etiladi. Katta daromad topish ilinjida yurgan baʼzi nopok kimsalar hayot uchun xavfli boʻlgan pirotexnika vositalarini yoshlar, asosan, maktab oʻquvchilariga pullamoqchi boʻlayotganligi juda ham achinarli. Bunday holatlarning oldini olish esa har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-dekabr kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi 724-sonli qaroriga asosan, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, shuningdek, aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oliy sud va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitalarining 2020-yil 27-dekabrdagi “Qonunga xilof muomalada boʻlganligi va foydalanish qoidalarini buzganligi uchun olingan pirotexnika buyumlarini topshirish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida”gi 3927-sonli Qoʻshma qarori yoʻriqnomasiga muvofiq, jinoyat ishi harakati tugatilganligi sababli, fuqaro B.Sh dan ashyoviy dalil tariqasida olingan umumiy qiymati 638 mln. soʻm boʻlgan jami 40 turdagi 8087 dona pirotexnika vositalarini ishchi guruh ishtiroki tartibida yoʻq qilish tadbiri amalga oshirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar