• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi
Jamiyat
Tibbiyot

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi

  • 25.12.2023 / 19:44
  • 990
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda fondning Farg‘ona viloyat hududiy filiali vakillari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari hamda jurnalist va blogerlar qatnashdi.

Tadbirda fond rahbari Nurilla Xudoyberganov “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi 1993-yili tashkil etilib, barcha viloyatlarda uning filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va bu tashkilotning kelajak avlod salomatligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, genofondimizning sog‘lom bo‘lishiga erishish asosiy maqsadi ekanligi haqida gapirdi.

Anjuman savol-javob, samimiy suhbat tarzda o‘tkazildi, shuningdek, fond ko‘magida salomatligini tiklagan bemorlar o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ular sog‘lomlashtirish dasturi doirasida o‘tgan 30 yil ichida viloyatdagi minglab kam ta’minlangan oilalar farzandlarini Germaniya, Hindiston, Koreya davlatlari klinikalarida beminnat operatsiyalar qilish yo‘li bilan sog‘lomlashtirishga erishilganini e’tirof etishdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar