Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro G.T keliniga tegishli sim kartani olib, o‘zining telefon apparatiga soladi. Sim kartaga ulangan kelini M.Yu.ning “Xumo” plastik kartasidan jami 704 000 so‘m pul mablag‘larini “Klik” ilovasi orqali naqd pul shaklida yechib oladi.
Bu ishdan hech kim xabar topmadi deb o‘ylab, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Plastigidan pul yechilganidan xabar topgan kelin, tuman IIB xodimlariga murojaat qiladi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida pullarni G.T. olganligi ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Bo‘lib o‘tgan sud majlisida G.T. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topildi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
D.Yo‘ldosheva
Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi
Tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari