• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Onlayn sug‘urta: 100 ming nafardan ziyod fuqarolarga xizmat ko‘rsatildi
Jamiyat
Iqtisodiyot

Onlayn sug‘urta: 100 ming nafardan ziyod fuqarolarga xizmat ko‘rsatildi

  • 11.01.2024 / 19:14
  • 1096
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktyabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, 2022-yilning 1-iyulidan sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berilgan edi.

Farg‘ona viloyatida elektron sug‘urta xizmatlaridan foydalanish ko‘lami ortib bormoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar natijasida “O‘zbekinvest”ning raqamli platformalari orqali onlayn polislar rasmiylashtirish ko‘rsatkichlari yuksaldi. Kompaniya tomonidan shu kunga qadar 13 turdagi sug‘urta polislarining elektron sotuvi yo‘lga qo‘yildi.  

2023-yil davomida kompaniyaning Farg‘ona filiali tomonidan 100 ming nafardan ziyod fuqarolarga onlayn xizmat ko‘rsatilgan. Shundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (OSAGO) bo‘yicha 94 316 ta, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sug‘urtalash (DSAGO) bo‘yicha 731 ta, jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha 435 ta, sayohat bo‘yicha esa 45 dona elektron sug‘urta polislari sotilgan.

Onlayn xizmatdan foydalanishning har jihatdan qulayligi, vaqt tejashi, kompaniyaga borish shart emasligi, istalgan vaqtda amalga oshirish imkoni va albatta, elektron polisning qog‘oz polis bilan bir xil kuchga egaligi  xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligining oshishiga xizmat qilmoqda.

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
Farg‘ona filiali Axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar