• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada kanalni betonlashda sifatsiz bajarilgan ishlar buzdirildi
Jamiyat
Voqealar

Farg‘onada kanalni betonlashda sifatsiz bajarilgan ishlar buzdirildi

  • 13.02.2024 / 12:03
  • 1105
  • 0
111

Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatliligi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan, viloyatdagi “Xonobod vetka” tumanlararo kanalida shunday o‘rganish olib borildi. Ushbu kanalni rekonstruksiya va qurilish-montaj qilish ishlari “Farg‘onasuvqurilishinvest” DM buyurtmachiligida bosh pudratchi “Bag‘dodmaxsussuvpudrat” MCHJ va yordamchi pudratchi “Dang‘aramaxsussuvpudrat” MCHJ tomonidan amalga oshirilyapti.

O‘rganish davomida mazkur obyektda bir qator kamchiliklar, ishning sifatsiz bajarilgani aniqlandi. Xususan, obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan. Kanalning PK21+50da chap yoni qiyalik qismiga quyilgan quyma betonning yuza qismlarida g‘ovakliklar va ko‘ndalang yoriqlar hosil bo‘lgan.

Shuningdek, buyurtmachi “Marakesh House N70” MCHJning Qo‘qon shahar Shirin MFY hududida 7 qavatli binodagi qurilish-montaj ishlari ham nazoratga olindi. Ushbu inshootning birinchi qavatida savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish, qolgan qavatlarida turar-joylar qurilish rejalashtirilgan. Lekin mazkur obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan. Binoning 2-qavat +6.600 balandlikda “B” o‘q bo‘ylab “1-2” o‘qlar oralig‘ida quyma temir-beton rigel va undan chiquvchi quyma temir-beton balkon loyiha bo‘yicha bajarilmagan. Loyihada ko‘rsatilgan rigel va balkon armokarkaslari o‘zaro bog‘lanib yaxlit holatda bajarilishi ta’minlanmagan.

Xuddi shunday holat “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida pudratchi “Boniy Quruvchi” MCHJ tomonidan Yozyovon tumanidagi 26-sonli maktabni joriy ta’mirlash obyektida ham kuzatildi. Bu yerda maktab hududini to‘siq devor bilan o‘rash ishlarida poydevor ishlari sifatsiz bajarilgan, bir o‘q chizig‘ida tekis qilib bajarilishi ta’minlanmagan. Natijada 150-200 mm o‘lchamlarda og‘ishlar hosil bo‘lgan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas’ul shaxslariga yozma ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirildi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qurilishning mas’ul shaxslariga yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari joyida buzdirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar