• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Soliqchilar bilan janjallashgan ayollar jazoga tortildi
Jamiyat
Voqealar

Soliqchilar bilan janjallashgan ayollar jazoga tortildi

  • 15.03.2024 / 23:46
  • 484
  • 0
111

Surxondaryo viloyatida salat sotayotgan ayollar va soliqchilar oʻrtasida mojaro yuz bergani videosi tarqalgandi. Viloyat soliq boshqarmasiga koʻra, sotuvchi ayollar jazoga tortildi, soliqchilar esa ogohlantirilgan.

“Joriy yilning 12-mart kuni Uzun tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumanning “Bahoriston” mahallasi hududida savdo qilish uchun belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar belgilangan tartiblarga asosan oʻtkazilgan.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan koʻp marotaba ogohlantirishlarga qaramay, qonunga zid hamda antisanitariya holatida savdo faoliyatini davom ettirib kelayotgan fuqarolar Sh.T. hamda S.T. soliq inspeksiyasi xodimi F.Ergashevning noqonuniy savdo faoliyatini rasmiylashtirish talabiga qarshilik koʻrsatib, janjal koʻtarishgan va davlat xizmatchisini obroʻsizlantirishga harakat qilishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tumani sudining qaroriga asosan Sh.T. hamda S.T. ga nisbatan maʼmuriy tartibda chora koʻrilganligi maʼlum boʻldi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati soliq xodimlari orasida yigʻilish oʻtkazilib, har bir xodim davlat xizmatchisining Ichki mehnat tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar