• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Kolleksiya uchun olingan avtomashina MIB tomonidan xatlandi
Jamiyat
Huquq

Kolleksiya uchun olingan avtomashina MIB tomonidan xatlandi

  • 25.03.2024 / 13:45
  • 326
  • 0
111

Quva tumanida yashovchi Nodirbek mashinalarni kolleksiya qilishni yaxshi ko‘radi. Imkon bo‘ldi deguncha noodatiy mashinalarga, ya’ni eksklyuziv mashinalarni sotib olish uchun bor-budini sarflaydi.

Shunday mashinalardan birini Dang‘ara tumanida yashovchi Toshpo‘lat unga sotish niyati borligini bildiradi. Nodirbek hech ikkilanmay uni xarid qiladi va xarididan juda mamnun bo‘ladi.

Afsuski, uning hursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Yaqin kunlarda Nodirbekning uyiga MIB xodimlari keldi va uning kolleksiyasining gavhari bo‘lmish Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “BJ2023” avtotransport vositasi hatlanishini ma’lum qilishdi. Nodirbek sarosimaga tushib, holatga aniqlik kiritishga urindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nodirbek ushbu mashinani 2022 yil dekabr oyida Toshpo‘latdan ishonchnoma (doverennost) asosida sotish huquqini olmagan holda sotib olgan.

Oradan bir oz muddat o‘tib mashinani nomiga o‘tkazib olish maqsadida Toshpo‘latning hovlisiga borishganda ularga Toshpo‘lat Rossiya davlatiga chiqib ketganligini aytishgan va ilojsiz qolgan Nodirbek mashinani "dovernost" bilan minib yurgan.

Bu Nodirbekning holatga tarifi edi ... Endi buyog‘ini eshiting...

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 25.02.2024 yildagi qarzdor Toshpo‘latdan undiruvchi “Ishonchli mablag‘ mikromoliya tashkiloti” MCHJ foydasiga 45,7 mln so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni qarzdor tomonidan garovga qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Ushbu sud qarori Byuroning Dang‘ara tuman bo‘limiga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijroga qaratilib, Toshpo‘latning xonadoniga borilgan, lekin qarzdor uyda yo‘qligi, garovga qo‘yilgan mashina esa Quvaga sotilganligini aniqlangan. Shundan keyin xodimlar Quva tumaniga yo‘l olishdi.

Mashinani sotib olgan Nodirbek bilan uchrashib, unga holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Soddaroq aytganda, avtrotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi. Shu tufayli uning mashina oldi-sotdisi haqiqiy bo‘lmagani aytilgan.

Prokuratura organlariga murojaat qilsa, mashinani unga sotib, garovga qo‘yib kredit olib to‘lamasdan Rossiyaga ketib yuborgan shaxsni jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rilsa, shu tarzda pulini sud orqali undan pullarini undirib olishi mumkinligi haqida davlat ijrochisi tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

M.T.ga tegishli Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “BJ2023” avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlandi. Hozirda xatlangan avtotransport vositasini auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi viloyat MIB xabarida.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar