• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qashqadaryoda yangi tug‘ilgan chaqaloq shifoxona yerto‘lasiga tashlab ketildi
Jamiyat
Voqealar

Qashqadaryoda yangi tug‘ilgan chaqaloq shifoxona yerto‘lasiga tashlab ketildi

  • 26.03.2024 / 13:09
  • 413
  • 0
111

Qarshi shahridagi shifoxona yerto‘lasiga yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yil 21-mart kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo‘limi binosining ikkinchi qavatga ko‘tarilish zinasining tagiga chaqaloq noma’lum shaxs tomonidan tashlab ketilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda tug‘ilganiga yigirma kun bo‘lgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.

Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan, sog‘lom.

Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar