• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qanday arxiv xujjatlarini tayyorlab berish xizmati Davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazilgan?
Jamiyat

Qanday arxiv xujjatlarini tayyorlab berish xizmati Davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazilgan?

  • 07.06.2024 / 23:37
  • 378
  • 0
111

Har yili 9-iyun kuni Halqaro arxivlar kuni nishonlanadi. Bu sana 2007-yil Kvebek (Kanada) bosh assambleyasi tomonidan tasdiqlangan. Xalqaro kengash 1948-yilda YUNЕSKO qaroriga asosan tashkil qilingan.

Arxiv - arxiv xujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muhim muassasa hisoblanadi. Davlat arxivlari hozirda muhim muassasa ekanligi hammaga ma’lum.

Farg‘ona viloyat arxiv bo‘limi 1938-yilda tashkil etilgan. Farg‘ona viloyat ijroiya qo‘mitasining 1962-yil 2-iyul kungi 395-son qarori bilan Farg‘ona viloyat arxiv bo‘limi bilan Farg‘ona viloyat davlat arxivi birlashib, Farg‘ona viloyat davlat arxivi nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 2012-yilda Farg‘ona viloyat davlat arxiviga qo‘shimcha bino qurilib foydalanishga topshirilgani muhim xujjatlar saqlash imkoniyatini kengaytirib berdi. 

 

Farg‘ona viloyat davlat arxivi arxiv ma’lumotnomalari, ko‘chirmalar tayyorlashda tashkilot va korxonalar xujjatlarini tartibga keltirishda, ularning ilmiy-texnikaviy jihatdan qimmatdorligini aniqlashda, idoraviy arxivlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar berishda xizmat ko‘rsatadi.

Davlat arxivlari O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi 2010-yil 15-iyundagi 252-sonli Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarorlariga muvofiq faoliyat yuritmoqda.

Endilikda arxiv xujjatlarini tayyorlab berish xizmati Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi joriy qilinib, mol-mulk bo‘yicha oldi-sotdi, hadya shartnomalari, meros xuquqlari, tuman va shahar hokimliklarining yer ajratish qarorlari shuningdek, o‘quv yurtlarida o‘qiganligini tasdiqlovchi so‘rovlar va boshqa turdagi arxiv malumotlarini olish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu jarayonni shaffof va sifatli amalga oshirilshini taminlash maqsadida 2023-yil 20-noyabr kungi 612-sonli “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy xujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv xujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 29-dekabr kungi 788-sonli qarori ham qabul qilingan. Ushbu qarorning ijrosi Farg‘ona viloyat arxivida ham shaffof taminlanib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot instutlaridan tashrif buyurayotgan ziyolilar uchun xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunda Farg‘ona viloyat arxiv ishi boshqarmasi tizimida 18 ta shaxsiy tarkib, hamda davlat arxivlari faoliyat yuritmoqda.      

Farg‘ona viloyat davlat arxivi saqlovida 1917-yildan boshlab hozirgi kunga qadar bo‘lgan muhim xujjatlar jamlangan va ular O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining bir qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ana shu muhim xujjatlarning elektron nusxalari yaratilmoqda.

Arxiv sohasiga qaratilayotgan etibor namunasi sifatida har yilgi an’anaga ko‘ra “9-iyun - Xalqoro arxivlar kuni” keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kun munosabati bilan soha rivoji uchun hissa qo‘shgan ko‘plab arxiv jonkuyarlari munosib taqdirlanib, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan etibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun holda faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlariga murojaat etgan holda, hujjatlarni saqlanish holatiga ahamiyat berishlarini, ularni butligini ta’minlab borishlari va belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshirishlari so‘ragan bo‘lar edik. Zero, bu ularning qonuniy majburiyatlaridir.

N.Kadirova 
Farg‘ona viloyat davlat arxivi 
bo‘lim boshlig‘i

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar