To‘rayev Shavkat Shonazarovich Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u jamoatchilikka tanishtirilgan. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Shavkat To‘rayev 1979-yilda Buxoro viloyati Romiton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2004-yildan beri bojxona tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar u “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi “Islom Karimov” nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
2017-yildan buyon Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ixvoljon Azimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etigan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdirazzoqov hamda viloyatdagi barcha huquqni muxofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda Bojxona qo‘mitasi raisining 2024-yil 6-iyundagi 233-son buyrug‘i bilan Qodirov Umidjon Suhbatjonovich Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
U.Qodirov 1983-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006-yildan buyon bojxona tizimida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2022-yildan mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari