• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada sog‘lom odam ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi 
Jamiyat
Voqealar

Farg‘onada sog‘lom odam ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi 

  • 24.06.2024 / 14:01
  • 1299
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga fuqaro B.N. uning roziligisiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilganligi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani bo‘yicha mas’ullarga chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qildi.

Murojaatga ko‘ra, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Murojaat Vakil nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo‘ymagani, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgani va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazishgani hamda sog‘lom bo‘lganligi sababli javob berib yuborishganligini ma’lum qilgan.

Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro B.N.ning so‘zlari tasdiqlandi. Ya’ni, shifoxona qabulxonasida davolanishi uchun olingan rozilik tilxatida uning imzosi bo‘lmaganligi, shunga qaramasdan uning ruhiy holatini tekshirish uchun qabul qilgan vrach A.Jo‘rayev tomonidan shifoxonaga joylashtirilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi aniqlandi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan holda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Ombudsman tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish va bu kabi holatlarni boshqa takrorlanmasligi uchun tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga Ombudsman xulosasi kiritildi.

Ombudsman xulosasiga ko‘ra, shifoxonaning navbatchi vrach-psixiatri A.Jo‘rayevga o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgani uchun “hayfsan” berilgan. Qonunbuzilish holatlari qayta takrorlanmasligi bo‘yicha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, shifokorlar ogohlantirilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar