• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Klasterning sharofati yoki endi paxta termoq armon bo‘lib qoladimi?
Iqtisodiyot

Klasterning sharofati yoki endi paxta termoq armon bo‘lib qoladimi?

  • 08.10.2019 / 03:22
  • 1055
  • 0
111

Chunki bugungacha uchta tuman rejani bajargan, 2-3 kunda beshta tuman, ortidan viloyat marra chizig‘iga yetib kelmoqda edi.

– Bu yil hasharchilarni ortgan avtobuslar oqimini biron marta ham ko‘rmadik, lekin rejalar bajarilibdi-ya, – deydi suhbatdoshlarimdan biri. – Ilgarilari mahalladan odam chiqarish topshirig‘i bo‘lardi. Endi bu gaplar ham yo‘q.

Farg‘onada paxta hosili mo‘l bo‘ldi. Bu ko‘z yumib bo‘lmaydigan haqiqat. O‘zbekiston Qahramoni Lola opa Murodova hozirgacha 50 sentnerdan hosil terib topshirdi.

– Yana 30 gektarda birinchi terim paxtasi bor, hasharchi olmaganimiz uchun o‘sha dalalar navbatini kutyapti, – deydi opa.

Bunday mo‘l hosilning sababi nimada? Qiziqchi Hojiboy aytgandek, “ob-havo qulayligi-yu, yerni chuqur haydaganidami?” Aslida bu ham bor gap. Ammo asosiy sabab qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilikda joriy qilingan klaster usulida. Fermer va klaster xizmatini zimmasiga olganlar shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarganlarida. Yangi texnika, o‘g‘it, yonilg‘i, ish haqi o‘z vaqtida yetkazilib turganida! Paxta hosilining xarid narxi oshirilganida!

Ikkinchidan, viloyatda bu yil yangi yaratilgan mahalliy “Farg‘ona” paxta navi urug‘i ekilganida hamdir. O‘n yildan ziyod vaqt ichida 40 gektardan boshlab tajriba-sinov o‘tkazib ekilgan “Farg‘ona” navi bu yil viloyatning barcha paxta maydonini egalladi. Hozirning o‘zida mutaxassislar uning o‘rtacha hosildorligi 32-33 sentnerdan kam bo‘lmasligini aytmoqdalar.

Va nihoyat uchinchidan paxtakorning faoliyatidagi erkinligida. Bu yil ijro hokimiyati hech narsaga aralashmadi. Qachon, qaysi yerga ekadi, qanday ishlov beradi, kimyoviy o‘g‘it kerakmi, tabiiysimi, paxtani kim teradi – fermer va uning hamkori klaster mutasaddilari o‘zaro hal qildilar.

Bunday islohot Farg‘ona viloyatida o‘z natijasini ko‘rsatdi. 7 oktyabrgacha viloyatda 90 foizdan ziyod paxta terib buntlarga uyuldi. O‘qituvchi, shifokor, ishchi-xizmatchi, talaba-o‘quvchilar... hamma-hamma o‘z ishi bilan band. Paxtani shov-shuv ko‘tarmay fermer xo‘jaligi a’zolarining o‘zlari terib olmoqdalar.

Eh, dalaga chiqib paxta terib yurgan zavqli damlarimiz nahotki tarix bo‘lib qolsa?!

Muhammadjon Obidov

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar