• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Eski “prava” bilan endi avtomobil boshqarib bo‘lmaydimi?
Huquq

Eski “prava” bilan endi avtomobil boshqarib bo‘lmaydimi?

  • 10.10.2019 / 02:59
  • 1332
  • 0
111

– 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga almashtirilishi kerakligi to‘g‘risida bilaman. Ammo men hozir foydalanadigan guvohnomaning amal qilish muddati bu davrga qadar tugamaydi. Shunda ham «prava»mni  almashtirishim kerakmi?

Sh.Madaliyev.

 

Akmal YUNUSOV, Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari:

— Albatta, eski namunadagi guvohnoma berilgan sanasidan va amal qilish muddatidan qat’i nazar, kelgusi yilning oxirigacha yangisiga almashtirilishi kerak. Shu muddatdan boshlab, eski guvohnoma bilan avtotransport vositasini boshqargan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Buning uchun pasporti, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonini  fuqaro doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazlari yoki markazda bunday xizmat mavjud bo‘lmagan hududlarda YHXBning tegishli bo‘linmalariga olib boradi. Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi bugungi kungi hisob bo‘yicha 156 100 so‘m miqdorida to‘lov to‘lanadi. Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Yangi namunadagi guvohnoma egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati hisoblanadi.

 

 Manba: mahalladosh.uz

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar