• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Toshkentda o‘z erini bo‘g‘ib o‘ldirgan ikki oylik kelinchak “ishi” bo‘yicha tergov yakunlandi. Ish sudga oshirildi
Huquq

Toshkentda o‘z erini bo‘g‘ib o‘ldirgan ikki oylik kelinchak “ishi” bo‘yicha tergov yakunlandi. Ish sudga oshirildi

  • 18.01.2020 / 05:53
  • 3203
  • 0
111

Ushbu qotillik ijtimoiy tarmoqlarda shu daraja tez tarqaldiki, buning natijasida voqealar rivoji aniq tafsilotlari bilan bayon qilib berildi.

Jahon.uz nashrining manbasi taqdim qilgan tergov hujjatlariga ko‘ra, dastlabki tergov harakatlari tugadi. Ish sudga oshirildi.

Tug‘ilgan kunini nishonlash arafasida yurgan, Xususiy banklardan birida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydigan 26 yoshli Abduvosiqov Abbos MUzaffar o‘g‘li(8 oktyabr tug‘ilgan kuni )o‘z xotini va xotinining qarindoshi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirildi.

To‘ylari bo‘lganiga uch oy to‘lmagan bu ikki yoshning taqdiri, shu kuni jinoyat oqibatida tugadi.

Toshkent shahar Shayontohur tuman IIBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Abbos o‘zining rafiqasi Abduvosiqova Kamolaxon Abdulaziz qizi va Hakimov Otabek Davron o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgan. Ayni o‘sha kuni Hakimov Otabek marhumga tegishli bo‘lgan 2 dona Iphone rusumli telefon va 650 AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringani ham ma’lum qilingan.

Prokuratura organlari tomonidan ochilgan jinoyat ishida qayd etilishicha, o‘z erining qotili bo‘lgani aytilayotgan Abduvosiqova Kamolaxon Abdulaziz qizi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi “i”, “p” bandi (Qasddan odam o‘ldirish), 164-modda 3-qismi “g” bandi (Bosqinchilik), 227-modda 2-qismi “a” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 2-qismi “b” bandi, 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish)) bilan ayblanmoqda.

Ushbu jinoyat ishi doirasida Abbos Abduvosiqovni o‘ldirishda faol ishtirok etgan Hakimov Otabekga ham  ayblov e’lon qilingan. U Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi “i”, “p” bandlari (Qasddan odam o‘ldirish), 164-modda 3-qismi “v”, “g” bandlari (Bosqinchilik) bilan dastlabki tergov organi tomonidan aybdor deb topildi.

Bu jinoyat ishi doirasida da’vogar Radjabov Muzaffar Abduvasiqovich (marhum Abduvasiqov Abbosning otasi) bo‘lib, Sud ishi 2020 yilning 22 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar