• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Qo‘qonda bank xodimi milliardlarni olib O‘zbekistondan qochib ketdi
Huquq

Qo‘qonda bank xodimi milliardlarni olib O‘zbekistondan qochib ketdi

  • 07.03.2021 / 03:37
  • 4026
  • 0
111

Qo‘qonda bank xodimi ishonuvchan mijozning milliardlab so‘mini qo‘lga kiritdi va so‘ngra zagranpasport olib, O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamentiga tayanib xabar bermoqda.

Tergov harakatlari jarayonida maʼlum bo‘ladiki, voqea 2020-yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir bo‘lgan.

Аgra bank Qo‘qon shahri filiali” xodimi – 31 yashar Husanjon T. bank mijozi bo‘lgan tanishi – 38 yoshli, xususiy korxona rahbari bo‘lgan Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarni aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.

Kamoliddin bank xodimi Husanjonga 20 ming АQSh dollari miqdorida qarz berganida, firibgar sodda mijozga bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 million 250 ming so‘m pul olib kelib, keyinchalik olgan pullari foydasi deb jami 240 million so‘m beradi.

Mijoz qiziqib yanada ko‘proq pul bergach, oradan maʼlum bir vaqt o‘tib, bank xodimi – Husanjon xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketadi. Kamoliddin Husanjonga jami 71 200 АQSh dollari va 1.009.258.000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan.

Kamoliddin bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Husanjon T.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar