• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ygan bog‘cha rahbariyatiga jinoiy ish ochildi
Huquq

Bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ygan bog‘cha rahbariyatiga jinoiy ish ochildi

  • 01.12.2021 / 11:06
  • 2211
  • 0
111

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ushbu bog‘cha mudirasi va boshqalarga jinoyat ishi ochilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Qarshi shahridagi 32-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni hojatxonaga yashirib turilgani holati va boshqa kamchiliklarni o‘rganish yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 29-noyabrda xat kelgan.

Xatda keltirilishicha, Qarshi shahar maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 2021-yilning 1-yanvaridan 1-noyabrigacha bo‘lgan davrda moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda 80 153 669 so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda sud hujjatlarini ijro etmaslik jinoyati alomatlari aniqlangan.

Shu sababli ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Z.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar