• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada suv taʼminoti rahbari va boshqa shaxslarning noqonuniy qilmishlari fosh bo‘ldi
Huquq

Farg‘onada suv taʼminoti rahbari va boshqa shaxslarning noqonuniy qilmishlari fosh bo‘ldi

  • 06.04.2022 / 11:16
  • 3971
  • 0
111

“Farg‘ona suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Rishton tuman bo‘limi va “Boyazitxon Fayz 2020” oilaviy korxonasining mansabdor shaxslari rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirgan holda isteʼmolchilardan qabul qilingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi.

Аholidan ichimlik suv va oqava xizmati uchun 2020-2021 yillarda 1 ming 209 ta to‘lov pattalari orqali jami 117 million 724 ming so‘m naqd pullarni qabul qilib, ularni bo‘lim g‘aznasiga kirim qilmay, bankning hisob raqamiga topshirmasdan hamda isteʼmolchilarning “Water contpol” billing bazasidagi shaxsiy varaqalariga kiritmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek, ushbu davrda 198 ta to‘lov pattalari orqali 33 million 45 ming so‘m pullarni qabul qilib, mazkur mablag‘lar isteʼmolchilarning shaxsiy varaqalariga kiritilgan bo‘lsada, to‘lov pattalarini qalbakilashtirib, go‘yoki 6 million 503 ming so‘m pullar qabul qilib olinganini ko‘rsatilgan. Qolgan pullarni esa o‘zlashtirib, talon-taroj qilingan. Bundan tashqari, aholidan 256 ta to‘lov pattalari orqali yig‘ilgan 13 million 828 ming so‘m naqd pullarni qabul qilib, aynan shu pattalarni boshqa isteʼmolchilarning nomidan takroran rasmiylashtirib, 19 million 751 ming so‘m pullarni bank hisob raqamiga topshirmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagani maʼlum bo‘lgan.

“Farg‘ona suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Rishton tumani bo‘limi mansabdor shaxslari tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari Sh.N va boshqalar bilan til biriktirib, 120 nafar aholi isteʼmolchilarining suv hisoblagichlarini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish uchun 7 million 618 ming so‘m pullarni qabul qilib olib, hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazmay soxta sertifikatlar tayyorlab bergan hamda mablag‘lar talon-taroj qilingan.

“Farg‘ona suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Rishton tumani bo‘limi rahbari J.S bo‘lim maʼmuriy binosida o‘zining taʼsischiligi va rahbarligida paynet xizmatini ko‘rsatuvchi “Boyazitxon Fayz 2020” oilaviy korxonasini tashkil qilib, mazkur paynet shaxobcha orqali 20.12.2021 yildan 21.02.2022 yilga qadar fuqarolardan ichimlik suv va oqova xizmati uchun 548 million 108,2 ming so‘m naqd pullarni qabul qilib olib, hisob raqamga o‘tkazmay juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan “Farg‘ona suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Rishton tumani bo‘limi va “Boyazitxon Fayz 2020” oilaviy korxonasining mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar