• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Davra suhbati: Iqtisodiy bilimlarni oshirish muhim
Iqtisodiyot

Davra suhbati: Iqtisodiy bilimlarni oshirish muhim

  • 25.04.2022 / 16:48
  • 2081
  • 0
111

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining yordamchisi N.Mamadalieva Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.   

Agentlik mutaxassislari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi”da faoliyat yuritayotgan atlas-adras matolari ishlab chiqaruvchi “GOLD SILK” korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Jahon andozalari darajasida sifatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan “EKOKERAMA” MChJ ishchi-mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlashishdi.

Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida  O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining yordamchisi N.Mamadalieva, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Farg‘ona hududiy filiallari xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Farg‘ona politexnika institutida institut hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining hududiy filiallari  bilan ilmiy hamkorlikni  yo‘lga qo‘yish, talabalarning amaliyot jarayonlariga ko‘maklashish borasida kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbatjon NIYOZOV,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi davlat nazorati Departamentining Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar