• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Bolasini sotgan onaga jazo tayinlandi
Huquq

Bolasini sotgan onaga jazo tayinlandi

  • 27.04.2022 / 12:37
  • 373
  • 0
111

Yaqinda 2021 yilning 21 sentabr kuni o‘z bolasini sotgan ayol – G.Badalova (ism-sharifi o‘zgartirilgan)ga sud hukmi o‘qildi. Ona nomiga dog‘ tushirayotgan ayollarga, xotin-qizlarimizga aslida farzand nima uchun kerak? Naxotki ular o‘z jigarbandiga shunday amalni ravo ko‘rsa?

Sudlanuvchi G.Badalova o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi ayon bo‘lgan, 2016 yil 13 iyulda tug‘ilgan farzandi M.Badalovni 5000 AQSh dollariga sotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Sudda G.Badalova aybiga to‘liq iqror bo‘lib, oilaviy sharoiti og‘irligi, farzandini boqishga qiynalayotganligini aytib, tanishlari M.Xalilova va N.Akbarovalarga farzandini 5000 AQSh dollariga sotib yuborishini aytgani, shunda M.Xalilova bir tanishi farzandsizlikdan qiynalayotganini, unga taklif qilsa farzandini 5000 AQSh dollariga sotib olishi mumkinligini aytgan.

2021 yil 7 iyul kuni soat 17-00 lar atrofida uni oldiga M.Xalilova bir ayol bilan birga kelib, kelgusida da’vo qilmaslik sharti bilan 5000 AQSh dollariga farzandini sotib yuborgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlar tomonidan ushlangan.

G.Badalova qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan bo‘lsa-da, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Hukmga ko‘ra, G.Badalova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 (uch) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

   

Burxonjon Mamajonov,

jinoyat ishlari bo‘yicha  Farg‘ona tuman sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar