• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Qo‘qonda adliya aralashuvi bilan fuqarolarning 168 ta ariza va murojaatlari qanoatlantirildi
Huquq

Qo‘qonda adliya aralashuvi bilan fuqarolarning 168 ta ariza va murojaatlari qanoatlantirildi

  • 17.05.2022 / 05:03
  • 1570
  • 0
111

Mamlakatimizda Adliya vazirligi hamda uning quyi bo‘g‘inlari qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishida hamda inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishini yagona davlat huquqiy siyosatini olib boradi. Xususan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida viloyatlar va tuman shahar adliya bo‘limlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda minglab aholi vakillarining murojaatlari adliya bo‘limlarida tez va oson ijobiy yechim topmoqda.

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi Isroil Nazarov kommunal soha vakillari bilan oylik to‘lovlar masalasida o‘zaro tushunmovchiliklar sabab uning oilasida muammolar yuzaga keldi. Gap shundaki, xonadonning suv hisoblagich uskunasi soz yoki nosoz holatda ekanligi va shu sababli unga qo‘llanilgan jarimaga vakolatli organlar huquqiy baho berishi kerak edi. Yaqinlarining maslahati bilan u Qo‘qon shahar adliya bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Tez fursatlarda uning murojaati qonuniy tartibda ko‘rib chiqildi.

– Xonadonimizdagi suv hisoblagich uskunasini mutasaddi tashkilotlarning o‘zlari o‘rnatib berishgan, – deydi Isroil Nazarov. – Ma’lum bir vaqt o‘tgach, mutasaddilar hisoblagichning ishlamayotganini aytishdi va menga jarima qo‘llashdi. Keyin adliyaga murojaat qildim. Baraka topishsin, qonunan buzilgan huquqlarimni tiklab berishdi.

Qo‘qon shahar adliya bo‘limiga joriy yil boshidan buyon Isroil Nazarovdek adolat izlagan fuqarolardan jami 238 ta murojaat va arizalar kelib tushgan. E’tiborli jihati shundaki, ana shu masalalarning 86 foizi ijobiy yechim topgan.

Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi Sayyora Nishonova maktabda yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan. Ish o‘rinlarining qisqarishi sabab u ishsiz qoldi. Aslida, qonuniy tartibga ko‘ra, oliy ma’lumotli pedagog bo‘lgan bu xodimga maktab ma’muriyati ish berishi kerak edi. Biroq unday bo‘lmadi. Sayyora adolat istab, kasbdoshlarining maslahati bilan, Dang‘ara tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

– Maktabimizda 13 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog xodimlar ishlaydi, – deydi Sayyora Nishonova. – Mening ish o‘rnim qisqarib ketsa ham, mavjud qonunchilikka asosan oliy ma’lumotli pedagog bo‘lganligim bois, menga dars soatlari olib berilishi kerak edi. Lekin unday bo‘lmadi. Keyin huquqshunos do‘stlarim maslahati bilan tuman adliya bo‘limiga murojaat qildim. Hozirda o‘zim ishlagan maktabda o‘quvchilarga dars berayapman. Huquqlarim tiklanganidan juda xursandman.

Farg‘ona viloyat adliya bo‘limlariga joriy yil boshidan buyon jami 4680 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 3642 tasi qanoatlantirilgan. 769 murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berilgan. E’tiborli jihati shundaki, kelib tushgan murojaatlarning 2355 tasi shaxsiy qabullarda va 1446 tasi joylardagi sayyor qabullar jarayonida yo‘llangan.

 

 Elyorjon Eksanov,

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

jamoatchilik bilan aloqalar

bo‘yicha yetakchi maslahatchisi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar