• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot “Qirguli” TIF bojxona posti faoliyati bilan tanishishga qaratilgan press-turdan taassurotlar
Iqtisodiyot

“Qirguli” TIF bojxona posti faoliyati bilan tanishishga qaratilgan press-turdan taassurotlar

  • 16.06.2022 / 14:40
  • 360
  • 0
111

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish hamda ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan muntazam hududlarda, shuningdek joylarga chiqqan holda ochiq muloqotlar o‘tkazilishi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi tizimda olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni beqiyos.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mazkur post faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bir guruh jurnalistlar, blogerlar va axborot xizmati xodimlari ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tdi.

photo_2022-06-15_17-39-46

Foto: Muqimjon Qodirov

Press-tur davomida ishtirokchilarga “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i tomonidan bojxona posti va u yerda olib boriladigan xizmat faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berildi. Mazkur bojxona posti tomonidan viloyatning yirik sanoat korxonalari hisoblangan “Uzkimyoimpeks”, “Farg‘onaazot”, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” va “Sanoat energetika guruhi” kabi korxonalarning eksport va import qilinayotgan tovarlari bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda.

Bojxona posti tomonidan 2022-yilning o‘tgan besh oyi davomida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 47 ta korxonalarning eksportga yo‘naltirilgan 18,4 million АQSh dollariga teng bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, neft mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va sanoat mahsulotlari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Mazkur tovarlar asosan Rossiya, Qirg‘iziston, Аfg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

photo_2022-06-15_17-39-35

Foto: Muqimjon Qodirov

Hozirda tadbirkorlar tomonidan eksport yoki import qilinayotgan tovarlar bo‘yicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalarini bojxona tizimida qo‘llanilayotgan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining xavfni boshqarish dasturlari bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” yo‘laklarga yo‘naltirilishi tushuntirib o‘tildi. Xavf profillari bo‘yicha yo‘laklarga taqsimlangan bojxona yuk deklaratsiyalarining elektron dasturlarda ko‘rinishi va mazkur bojxona yuk deklaratsiyalari bo‘yicha bojxona ko‘rigi dalolatnomalarini tuzish jarayonlari bilan ishtirokchilar tanishtirib o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bojxona postida xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan post kutubxonasi bilan tanishdilar.

photo_2022-06-15_17-39-48

Foto: Muqimjon Qodirov

Tadbir davomida bojxona postida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining eksport hamda import qilinayotgan tovarlarini bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartiblari, shuningdek, tadbirkorlarga bojxona sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida berilayotgan imtiyozlar haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o‘tildi.

Press-tur qatnashchilari Marg‘ilon shahridagi “UZWOOLENTEX” korxonasiga tashrif buyurdilar. "UZWOOLENTEX" korxonasi viloyatda to‘qimachilik sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalardan biridir. Korxona asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda maxsus kiyim-bosh bilan faoliyat yurituvchi korxonalarga kiyim-boshlarni tikishga ixtisoslashgan. Korxonaga xorijdan eng so‘ngi rusumdagi bichish-to‘qish, bezak berish hamda tikuv mashinalari import qilingan.

photo_2022-06-15_17-39-59

Foto: Muqimjon Qodirov

Hozirda korxona tomonidan Xitoy, Turkiya va Hindiston kabi davlatlardan import qilinayotgan ip kalava va boshqa zaruriy xom ashyo tovarlari aynan “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan sifatli va tezkorlik bilan korxonaning o‘zida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorning vaqtini tejalishiga hamda ishlab chiqarish jarayonlarining sababsiz to‘xtab qolishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan sara mahsulotlarga ichki bozorda talab katta bo‘lishiga qaramay Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 90 ming АQSh dollarlik maxsus kiyimlarning dastlabki partiyasi Аrmaniston davlatiga eksport qilindi.

photo_2022-06-15_17-39-27

Foto: Muqimjon Qodirov

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar hamda ularga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek eksportni qo‘llab-quvvatlanishi bevosita viloyat eksport salohiyatiga o‘zining ijobiy taʼsirini ko‘rsatmoqda.

Raqamlarga eʼtibor beradigan bo‘lsak joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan umumiy qiymati 303,5 million АQSh dollarlik tovarlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,3 ga ortganini ko‘rishimiz mumkin. Eksport tarkibining 255,9 million АQSh dollarga teng qismini sanoat mahsulotlari hamda 47,5 million АQSh dollarga teng qismini meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etgan.

Vodiy24.uz tahririyati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar