• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Fargʻonada xonadonlarga quyosh panellari oʻrnatilmoqda
Iqtisodiyot

Fargʻonada xonadonlarga quyosh panellari oʻrnatilmoqda

  • 16.07.2022 / 16:00
  • 395
  • 0
111

Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini oʻzlashtirish hisoblanadi. Shu sabab joriy yilning 10 iyun kuni Prezidentimiz raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona tumanidagi “Mindonobod” va “Novkent”, Yozyovon tumanidagi “Qotortol”, Qoʻshtepa tumanidagi “Oʻqchi” mahalla fuqarolar yigʻinlarida joylashgan xonadonlar quyosh panellari oʻrnatish uchun tanlab olindi.
 
“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda Fargʻona, Qoʻshtepa, Yozyovon tumanlari hokimliklari hamkorligida amaliy jarayonlar boshlandi. 

Jumladan, dastlabki bosqichda Fargʻona tumani “Novkent” MFY hududidagi mavjud 426 ta xonadonning 108 tasiga quyosh panellarini oʻrnatish belgilangan. 

Bundan tashqari, tumanning “Mindonobod” MFY hududida ham 862 ta xonadon mavjud boʻlib, shundan dastlabki bosqichda 290 ta xonadonga quyosh panellarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Natijada bu ikki hududda qariyb 82-85 foiz elektr energiyasi isteʼmolini tejashga erishiladi. Eʼtiborlisi, quyosh panellari oʻrnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozlari berilishi ham koʻzda tutilgan.

Amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda viloyatimiz boʻylab aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishlari boʻyicha tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

“Fargʻona HETK” AJ axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar