• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Madaniyat Sud Jaloliddin Ahmadaliyevdan 26 mln soʻm undirishga qaror qildi
Madaniyat
Huquq

Sud Jaloliddin Ahmadaliyevdan 26 mln soʻm undirishga qaror qildi

  • 31.08.2022 / 12:39
  • 753
  • 0
111

Soʻngi yillarda mualliflik va turdosh  huquqlarning mamlakatimizda himoyalanishi ortidan shoirlarning ham koʻkragiga oftob tegdi. Bu, albatta, hammasi yaxshilikka... 

Mana bir misol:
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasiga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Behzod Fazliddin ariza bilan murojaat qildi.  

Gap shundaki, xonanda Jaloliddin Axmadaliyev hech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” toʻplamidagi “Balosiz - goʻyoki gʻamimni yeysiz”, deb boshlanuvchi “Ayyor doʻstlarim” sheʼridan foydalanib, qoʻshiq ijro qilgan. Va bu ijod namunasi ijtimoiy tarmoqlarda “aylangan”, toʻylarda faol  ijro qilingan. Shoir B. Fazliddin Fargʻona viloyat adliya boshqarmasidan buzilgan mualliflik huquqlarini tiklab berishni, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Aslida bu kabi holatlar keng jamoatchilikni xursand  qilishi kerak.Chunki mamlakatimizda qonunlar hayotiy tarzda ishlayotganligidan dalolat bu!

Murojaat tegishli tartibda oʻrganildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudining qaroriga asosan, xonandaning mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi. 

Shundan soʻng shoir B.Fazliddin foydasiga Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining xal qiluv qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, bazaviy xisoblash miqdorining 80 barobari, yaʼni  24 mln. soʻm tovon puli, 2 mln soʻm maʼnaviy zarar, jami 26 mln. soʻm undirib berildi. 

Xonanda J.Axmadaliyev tomonidan ijro etilgan “Ayyor doʻstlarim” nomli qoʻshiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi. 

Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqi nafaqat nomulkiy, balki mulkiy huquq ekanligini unutmaylik, mualliflik huquqingizni buzilsa, uni himoya qilish uchun Adliya vazirligi yoki hududiy adliya boshqarmalariga murojaat eting! 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar