• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq 48 nafar tibbiyot xodimlariga ish haqlari undirib berildi
Huquq

48 nafar tibbiyot xodimlariga ish haqlari undirib berildi

  • 24.09.2022 / 15:02
  • 217
  • 0
111

Rishton tuman adliya boʻlimiga joriy yilning 10-yanvar kuni tuman tibbiyot birlashmasining 48 nafar xodimi bir necha oylik ish haqlari birlashma tomonidan to`lab berilmayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaatlari kelib tushdi. 

Murojaatni oʻrganish davomida tuman tibbiyot birlashmasiga xabarnoma chiqarilib, joyiga chiqqan holda holat o‘rganilib, xodimlarga to`langan ish haqlari haqidagi ma’lumotlar tekshirilganida, haqiqatdan ham tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi poliklinikalar xodimlarining 48 nafariga jami 164 mln. so‘m miqdordagi ish haqlari to‘lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

Holbuki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida mehnatga haq toʻlash kafolatlari belgilab qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar, xodimga bajargan ishi uchun xaqini belgilangan mehnat xaqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksning 161-moddasida koʻrsatigan muddatlarida toʻlash shartligi, mehnat shartnomasining taraflarining kelishuvi bilan belgilangan mehnat haqi miqdori, jamoa shartnomasi yoki kelishuvida oʻrnatilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emasligi koʻrsatib oʻtilgan.

Shuningdek, Oʻzekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 19.03.2002-yildagi “Ish haqini oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 88-sonli qarorning 3-bandida vazirlik, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mulkchiilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar va tashkilotlar raxbarlari xodimlarga ish xaqini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun shaxsan javob berishlari lozimligi belgilangan boʻlsada, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur fuqarolarning oylik ish haqlarini uzoq vaqtdan buyon bermasdan kelayotganligi sababli ularning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudiga ushbu xodimlarning manfaatini ko‘zlab, jami 164 mln. so‘m ish haqlarini undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarish uchun ariza kiritildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tuman sudining tegishli sud buyruqlariga asosan, murojaat bilan kelgan tibbiyot birlashmasining 48 nafariga jami 164 mln. soʻm miqdordagi ish haqlari undirilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.

Sh.Sobirov
Rishton tuman adliya boʻlimi 
bosh maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar