• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Saylov qonunchiligi takomillashtirildi
Siyosat

Saylov qonunchiligi takomillashtirildi

  • 20.09.2022 / 21:10
  • 2505
  • 0
111

2022 yil 16 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-779-sonli Qonuni qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining bir qator moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan:

yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tuzilishi;

yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi Senat tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovini o‘tkazish bo‘yicha tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylovga kamida yigirma besh kun qolganda o‘n bir-yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuzilishi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshirishi;

yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar kabul qilinganidan keyin ikki oy ichida o‘tkazilishi;

yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanishi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etilishi, bunda saylov okrugi saylovga yigirma sakkiz kun qolganda, okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganda, saylov uchastkasi esa saylovga yigirma kun qolganda, uchastka saylov komissiyalari saylovga o‘n besh kun qolganda tuzilishi, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganda tugallanishi;

agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida o‘n besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida o‘ttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilmasligi mumkinligi kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur kiritilgan o‘zgartirishlar Saylov qonunchiligining bugungi kundagi takomillashuvining yangi bosqichi desak aslo xato bo‘lmaydi.

 B.Mo‘ydinov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining sudya yordamchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar