
Darhaqiqat, bugungi kunda jamiyatimizda ko‘p uchrayotgan jinoyatlardan biri bu o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatidir. Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi shundan iboratki, rastrata yoki o‘zlashtirish yo‘li bilan o‘g‘irlanadigan mulk aybdorning tasarrufida bo‘ladi. U esa ushbu holatdan foydalangan holda mulkni o‘z foydasiga yoki o‘zgalar foydasiga g‘arazli niyatda o‘tkazadi.
Talon-torojning o‘zlashtirish shakli mulk ushlab qolingan paytdan e’tiboran, ya’ni o‘zganing mulki go‘yo o‘zinikidek g‘ayriqonuniy egalik qilish o‘rnatilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat deb topiladi. Aybdorning o‘zlashtirib bo‘lingan va noqonuniy egaligini o‘rnatgan mulkdan keyingi u yoki bu shakldagi noqonuniy foydalanishi ushbu jinoyat tarkibiga kirmaydi va o‘zlashtirishni talon-toroj qilishning boshqa shakli – rastrataga aylantirmaydi.
Rastrata – talon-toroj qilishning bir shakli bo‘lib, aybdorga muayyan vakolatlarni amalga oshirish uchun ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini sotish, sarflash, iste’mol qilish, hadya qilish va hokazo yo‘llar bilan begonalashtirish tushuniladi.
Bugungi kunda barchamizga, birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga sifatida qonunchilikning mazmun mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish, jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, xalqimizga uning mazmun-mohiyatini chuqurroq tushuntirish eng muhim vazifa sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu jarayonida barchamiz faol ishtirok etishimiz zarur. Zero, keng jamoatchilik yordamida har qanday murakkab muammoni osonlik bilan hal etish mumkin.
B.Mo‘ydinov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining sudya yordamchisi
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari