• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq “Qora bozor”da valyuta oldi-sotdisini davlatga qanday zarari bor?
Huquq

“Qora bozor”da valyuta oldi-sotdisini davlatga qanday zarari bor?

  • 02.11.2022 / 08:00
  • 690
  • 0
111

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan aybdor milliy valyutaning barqarorligiga taʼsir qilib, inflyatsiya jarayonining keskinlashuvi uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, “valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi.

Biroq, bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy valyuta bilan muomala qilishni tartibga solish yuzasidan bir qator imtiyozlar va qulayliklar yaratilishiga qaramasdan, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ham uchrab turibdi.

Xususan, fuqaro R.T valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida, jinoiy sherigi E.M bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lishgani holda, 2022-yil 30-may kuni soat 12:00 larda Farg‘ona tumani Log‘on ko‘chasi 24-uyda joylashgan savdo do‘konida maxsus xaridor O.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 1 АQSh dollari 11034,15 so‘m bo‘lgan qiymati 39 722 900 so‘mlik ancha miqdordagi 3600 АQSh dollarining har bir АQSh dollarini 11 050 so‘mdan jami 39 780 000 so‘mga o‘tkazishgan vaqtida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanib, 3600 АQSh dollari hamda R.Tning yonida bo‘lgan 200 АQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, sudning 2022-yil 19-iyuldagi hukmiga asosan sudlanuvchi R.T va E.M ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan qonunda belgilangan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, sudlanuvchilarga sutkaning soat 22:00 dan soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda yashash joyidan chiqishlari cheklandi.

Shu bilan birga, sudlanuvchilar zimmasiga nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, muayyan joylarga (kafe, bar, restoran, tungi klublarga) bormaslik, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar (cheklash) yuklandi.

Maxkamjon Аbdubannabov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Teglar:

#валюта

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar