• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldilar
Jamiyat

Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldilar

  • 20.11.2022 / 11:55
  • 389
  • 0
111

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ajratilgan xonadonlarning kalitlarini topshirdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili viloyatimiz bo‘ylab 18 yoshga to‘lgan 29 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ko‘p kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan bo‘lsa, bu yil 17 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishmoqda. Ushbu maqsad uchun Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan respublika budjeti mablag‘laridan 2 milliard 412 million so‘m uy-joylar sotib olishga ajratilgan bo‘lsa, ta’mirlash va jihozlash ishlari mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflandi.

Bugun Farg‘ona shahrida 6 nafar yoshlar – Erika Ribalko, Alina Kabilova, Madina Atayeva, Nozimaxon Ergasheva, Akbarxon Karimov va Umid Shermatovlar o‘z nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini viloyat hokimi qo‘lidan qabul qilib oldilar. Ularning barchasi doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘ldilar.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatimizda yana 11 nafar – Marg‘ilonda 6 nafar, O‘zbekiston tumanida 2 nafar, Furqat tumanida 2 nafar va Buvayda tumanida 1 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uy-joy bilan ta’minlanadi.

Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan yoshlar, Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lishga va’da berdilar.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar