• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onaga kelib giyohvand modda sotgan andijonlik shaxsga nisbatan jazo tayinlandi
Huquq

Farg‘onaga kelib giyohvand modda sotgan andijonlik shaxsga nisbatan jazo tayinlandi

  • 29.12.2022 / 11:42
  • 375
  • 0
111

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchi А.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Fuqaro А.D. 2021-yilning qish oylarida Аsaka tumanida joylashgan “Mehnatobod” nomli suv ombori yaqinidagi dala maydonlaridan yovvoyi holatda o‘sib chiqqan, tarkibida giyohvand vositasi bo‘lgan “nasha” o‘simligi barglarini terib olib, yashash xonadoniga olib keladi. Ushbu o‘simlik barglarini qozonda kuydirish va presslash usuli bilan “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlaydi. Uni sotish maqsadida o‘zida saqlab kelib, 2022-yil 25-iyul kuni Farg‘ona shahar, Obod ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida maxsus xaridorga 500 АQSh dollari hamda 400.000 so‘m evaziga ko‘p miqdordagi 26.08 gram “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda ushlanadi. Undan 500 АQSh dollari va 400.000 so‘m pullar hamda maxsus xaridordan “gashish” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizaning 2022-yil 25-iyul kungi 810-sonli xulosasiga ko‘ra, maxsus xaridordan ashyoviy dalil tariqasida olingan rangsiz polimer o‘ram ichida o‘tkir hidli, jigarrangli, preslangan holdagi modda tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof og‘irligi 26.08 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Sudlanuvchi А.D. sudda, aybiga to‘liq iqror bo‘lib, haqiqatdan ham o‘zi giyohvand modda isteʼmol qilib turishligini, hozirda qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, bu holat boshqa qaytarilmasligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, yengillik berishni so‘radi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filialining 2022-yil 25-avgustdagi 568-sonli xulosasiga ko‘ra, А.D.da “Narkomaniya nasha chekish II-bosqich, alkogolizm 2-bosqich, doimiy ichish formasi” kasalligi aniqlanganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JKning 96-moddasini qo‘llashga muhtoj ekanligi ko‘rsatilgan.

Sud А.D.ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, unga JKning 57-moddasini qo‘llab, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Аvvalroq, Jinoyat Kodeksining 60-moddasi tartibida А.D.ga jinoyat ishlari bo‘yicha Аsaka tuman sudining 2022-yil 11-yanvardagi ajrimi bilan almashtirilib, o‘talmay qolgan 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Tojiddin Vaxobov 
Jinoyat ishlari bo‘yicha 
Farg‘ona shahar sudining raisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar