• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
Iqtisodiyot
Turizm
Biznes

Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

  • 03.02.2023 / 18:54
  • 1074
  • 0
111

To‘g‘risi, bir o‘qishda “geografik ko‘rsatkich” atamasini tushunish biroz mushkul. Keling, avval mana shundan boshlaymiz. Oddiyroq aytganda, bir mahsulot yoki voqelik eʼtirof etilganda o‘sha mahsulot yetishtirilgan yoki ishlab chiqarilgan hudud ko‘z oldimizda gavdalanadi. Masalan, kulolchilik deganda Rishton hunarmandlari, uzum deganda oltiariqlik mirishkorlar tasavvurimizda namoyon bo‘ladi. Mana shu holatni “geografik ko‘rsatkich”ga qiyoslash mumkin.

Yaʼni maʼlum bir geografik hududda paydo bo‘lgan va ularning kelib chiqish joyi bilan bog‘liq xususiyatlarga yoki obro‘ga ega bo‘lgan tovarlarda paydo bo‘ladigan belgi. Belgilanish faqat maʼlum bir hududga nisbatan mahsulotning kelib chiqishini ko‘rsatsagina geografik ko‘rsatkich sifatida xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 5 yillikda nomoddiy boyliklarga nisbatan vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning rivojlanish jarayoni juda tez surʼatlarda namoyon bo‘lmoqda.

Intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi 757-son Qonunida ham o‘z ifodasini topdi.

photo_2023-01-31_21-44-56

Mavzuga qaytamiz

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyatning Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu amaliyot mamlakatimizda ilk bor qo‘llanilmoqda.

Tabiiy savol tug‘iladi. Rasman ro‘yxatdan o‘tkazilishi Marg‘ilon va Qo‘qon uchun, qolaversa, shu hududdagi tadbirkorlar uchun nima beradi? Uning qanday ahamiyati bor?

-Hozirda tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi 757-son Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz, -deydi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Umidjon Nazirov. - Marg‘ilon atlasi, adrasi va Qo‘qon pichoqlari mahalliy bozorda, chet elga eksport qilishda mahsulotlarning sifatini, sotuv barqarorligini taʼminlaydi. Ro‘yxatdan o‘tgan nomlardan ruxsatsiz foydalanayotgan yoki kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarganlarga qarshi choralar ko‘rish imkonini beradi. Umuman olganda, ro‘yxatdan o‘tganlik raqobatda va ishlab chiqarishda ustunlik beradi. Kengroq eksport imkoniyatlari hamda brendni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Аgar ushbu mahsulotlar ro‘yxatdan o‘tmasa davlat himoyasida bo‘lmaydi va uning kontrafakt nushalariga qarshi kurashilmaydi.

photo_2023-02-03_19-12-25

Xorijda bu amaliyot qanday tartibga solingan?

Mahalliy qonunchilik uchun geografik ko‘rsatkichlar instituti mamlakatimizda nisbatan yangi hodisa. Intellektual mulk sohasi rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Masalan, Turkiyada 1995-yildan boshlab geografik ko‘rsatkichlarni qonunan ro‘xatga olish va tadbirkorlarga guvohnoma berish joriy qilindi va o‘z samarasini berdi. Bugungi kunga kelib Turkiyada 1000 dan ortiq geografik ko‘rsatkichlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Yana bir misol, Kolumbiya qaxvasi o‘z geografik belgisini himoya qilish uchun o‘z plantatsiyalarida yetishtirilmagan yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqarilmagan qaxva mahsulotlari uchun “Kolumbiya qaxvasi” atamasidan foydalanishga ruxsat bermaydi. Qonunan qattiq himoya qilinadi.

XQ4KyAgbnoxL8ekieT4ZUlT4iYvGJLuO_front

photo_2023-02-03_19-09-32

Marg‘ilon atlasi, adrasi va Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi huquqiy kafolatlar yaratadi. Jumladan, mazkur guvohnomaga asosan, faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlariga geografik ko‘rsatkichlardan ruxsatsiz foydalanmaslik va kontrafakt mahsulotlariga qarshi kurashish imkonini beradi.

Elyorjon Ehsonov,
Fargʼona viloyat adliya boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha
yetakchi maslahatchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar