• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Fermerlar paxta xomashyosini birja orqali jahon bozori narxlarida sotadi
Siyosat
Iqtisodiyot

Fermerlar paxta xomashyosini birja orqali jahon bozori narxlarida sotadi

  • 12.12.2023 / 23:24
  • 573
  • 0
111

“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni imzolandi

Endilikda:

— chigit ekilishidan avval 1 noyabrgacha (keyingi yil hosili uchun 2024 yil 1 fevralgacha), fermer xoʻjaliklari va viloyat ichidagi klaster oʻrtasida tuproq hosildorligi normativlari doirasida fyuchers shartnomalari Tovar-xom ashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da  bir hudud  uchun oʻtkaziladigan savdolar orqali tuziladi; 

— oldi-sotdi jarayonlarini mahalliy va boshqa hokimiyat vakillari aralashuvisiz amalga oshiriladi;

— boshlangʻich narx Nyu-York birjasidagi paxta tolasining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha narxi asosida belgilanadi;

— barcha paxta xomashyosini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga bir oy muddatda birjada ishtirok etish tartibi yuzasidan oʻquv seminar tashkil etadi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazadi.

Oldi-sotdi jarayonlarini mahalliy va boshqa hokimiyat vakillari aralashuvisiz amalga oshiriladi. Yaʼni, fermer oʻzi yetishtiradigan paxtaning miqdorini birjaga joylashtiradi hamda balandroq narx taklif etgan viloyat ichidagi klaster ushbu fermer bilan fyuchers shartnomasini tuzadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar