Sug‘urta kompaniyasining faoliyat samaradorligi iste’molchilar bilan tizimli ishlashi hamda belgilangan normalar asosida ularga to‘lovlarni amalga oshirishida namoyon bo‘ladi. “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Farg‘ona filiali mijozlarning sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqishda tizimli ishlarni bajarib kelmoqda.
Xususan, kompaniyaning Farg‘ona filiali tomonidan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z mijozlari oldida qabul qilingan majburiyatlarni vaqtida bajarish kompaniyaning ustuvor masalalaridan biri bo‘lib, 2023-yil davomida 198 ta da’vo arizalari bo‘yicha jami 3,5 milliard so‘mga yaqin sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi.
Aytish joizki, filialga iste’molchilar tomonidan oyiga 15-20 ta murojaatlar kelib tushadi va mutaxassislar tomonidan o‘rganishlar olib boriladi. Sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddati 15 bank ish kuni etib belgilangan.
Jumladan, filial tomonidan:
– Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha 2 ta murojaatga asosan 1 mlrd 505 mln 894 ming so‘m;
– Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 101 ta murojaatlarga asosan 914 mln 132 ming so‘m;
– Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urtalash 9 ta da’vo arizasi bo‘yicha 329 mln 705 ming so‘m;
– Harbiy xizmatchining davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi 63 ta ariza bo‘yicha 359 mln 520 ming;
–Avtotransportning ixtiyoriy sug‘urtasi (KASKO) 2 ta murojaat bo‘yicha 105 mln so‘m;
Kompaniya Farg‘ona filiali joriy yil davomida ham iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlagan holda xizmat ko‘rsatish sifat va samaradorligini yanada oshiradi.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi
Farg‘ona filiali Axborot xizmati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari