• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Toshkentda 4 mln donadan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
Jamiyat
Voqealar

Toshkentda 4 mln donadan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi

  • 22.11.2024 / 19:28
  • 272
  • 0
111

Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor va katta masshtabda pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish amaldagi qonunchilikka ko‘ra ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, yangi yil bayrami arafasida pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi avj olib, salbiy asoratlari ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

Tahlillarga ko‘ra, bojxona organlari tomonidan joriy yilning 21-noyabr holatiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar hamda bojxona nazorati jarayonida jami 77 ta holatda qiymati salkam 1 mlrd. so‘mlik, miqdori 7 mln. 390 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha 5 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 53 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilgan.

Joriy yilda ushlab qolingan pirotxenika vositalari miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobarga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Oliy sud va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2020-yil 27-dekabrdagi qo‘shma qarori bilan “Qonunga xilof muomalada bo‘lganligi va foydalanish qoidalarini buzganlik uchun olingan pirotexnika buyumlarini topshirish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma tasdiqlangan bo‘lib, mazkur yo‘riqnomaga ko‘ra, olingan pirotexnika buyumlari vaqtincha saqlanishini ta’minlash uchun hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga topshiriladi.

Shu vaqtga qadar olib qo‘yilgan pirotexnika buyumlarining qayerda saqlanishi va qay tartibda yo‘q qilinishi yuzasidan keng jamoatchilikka yetarlicha axborotlar taqdim qilinmaganligi sababli aksariyat hollarda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan pirotexnika vositalari keyinchalik yana muomalaga chiqariladi degan noto‘g‘ri tasavvurlarga sabab bo‘lar edi.

Shu boisdan Bojxona qo‘mitasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor va katta masshtabda pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish tadbirini tashkil etdi.

Tadbirda Bojxona, Ichki ishlar va Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilgan turli tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan yirik miqdordagi ya’ni 4 mln 65 ming 562 dona pirotexnika buyumlari dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus handakka ko‘mib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar