• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Namangan viloyati hokimi farg‘onalik talabaning bir yillik kontraktini to‘lab berdi
Fan va ta'lim

Namangan viloyati hokimi farg‘onalik talabaning bir yillik kontraktini to‘lab berdi

  • 07.10.2019 / 12:57
  • 2872
  • 0
111

Bir necha kun avval Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Namangan davlat universitetining farg‘onalik talabasi Mirzoozod Mirzaneʼmatov o‘z sahifasida joylagan “posti” orqali talabalik safidan chiqishini eʼlon qilgan edi.

Yaʼni, "post" orqali talaba iqtisodiy qiyinchiliklari sababli universitet rektori nomiga ariza yozib, o‘qishni davom ettira olmasligini rasman maʼlum qilgandi.

Keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, taʼsirchan sheʼrlari bilan ijtimoiy tarmoq orqali shuhrat qozongan talabaning ushbu xabari ko‘pchilik qatori Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorovni ham befarq qoldirmadi. Hokim mazkur holat yuzasidan ertasigayoq Mirzoozod bilan ko‘rishdi, deya xabar berdi “Namangan24.uz” sayti.

Viloyat hokimi bugun - 7 oktabr, dushanba kuni umumiy qiymati 11 million so‘m miqdoridagi bir yillik kontrakt summasini to‘lab berdi.

- Аytishim joizki, ayni vaziyatda viloyat hokimining tuhfasi shu kungacha bo‘lgan tug‘ilgan kunimdagi eng ajoyib sovg‘a bo‘ldi, deydi quvonch bilan Mirzoozod Mirzaneʼmatov.

Maʼlumot o‘rnida, Mirzoozod Mirzaneʼmatov 1994 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Qassoblar oilasida voyaga yetgan. U oliy taʼlim muassasasiga oltinchi yili urinishidan keyingina talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan. Oddiy ishchi oilaning farzandi bo‘lgan Mirzoozod NamDUdagi ikkinchi bosqich talabalik yili boshlanishida kontrakt to‘lashdagi mashaqqatlarga yuz tutganligi sababli o‘qishni tashlash fikri bilan “post” joylashga majbur bo‘lganligini maʼlum qildi.

Dunyoda mehru oqibat, odamiylik, yaxshilik, sahovatpeshalik kabi insoniy fazilatlari hali ham bor ekanligini Xayrullo Bozorov amalda isbotlab, hokisor talabaning bir yillik kontrakt pulini o‘z hisobidan to‘lab berdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar