Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tahsil olayotgan talabalarning harbiy xizmatni o‘tashiga oid savollarga aniqlik kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (12.12.2002)ning 21-moddasi, to‘rtinchi xatboshisida “Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi”, deb qayd etilgan.
Mazkur moddaning keyingi xatboshisiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.
Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash istagida bo‘lgan talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari