• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Bayramingiz muborak bo‘lsin, tinchligimiz posbonlari!
Jamiyat

Bayramingiz muborak bo‘lsin, tinchligimiz posbonlari!

  • 25.10.2019 / 05:03
  • 5224
  • 0
111

Sizning sharafli xizmatingiz xalqimiz osoyishtaligiga qaratilgan.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy totuvlik, xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab bayramingiz bilan tabriklaymiz!

 

POSBONLAR

(Muhammad Yusuf)

 

Sizda orom qayda,

Sizda tin qayda.

Siz to‘yib uxlagan bitta tun qayda.

El-yurt oromini asragan zotlar,

El mehri asrasin Sizni har joyda!..

 

Sizni uchrataman tog‘da, dalada,

Xizmatda hamisha, qorda, jalada.

Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,

Buyuk zotlar ruhi shunday pallada.

 

Har kun oftob bilan sog‘ ko‘rishib yuz,

Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.

Rizqi ulug‘ bo‘lsin, ko‘ksi ulug‘ bo‘lsin,

Xonadoningizu mamlakatingiz.

 

Yo‘llar ravon bo‘lsin, yo‘llar oq bo‘lsin,

Bahor maysalari ko‘k chiroq bo‘lsin.

Burchga sadoqatli ey fidoyilar,

Pokligingiz Sizga ko‘zmunchoq bo‘lsin!..

 

Sizda orom qayda, sizda tin qayda,

Siz to‘yib uxlagan bitta tun qayda.

El-yurt oromini asragan zotlar,

El mehri asrasin Sizni har joyda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar