• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Erkaklar taqinchoq taqsa bo‘ladimi?
Jamiyat

Erkaklar taqinchoq taqsa bo‘ladimi?

  • 11.12.2019 / 07:14
  • 5986
  • 0
111

Keyingi paytlarda ko‘cha-ko‘yda bo‘yniga, burniga tilla taqinchoq taqib olgan yosh yigitlar, erkaklarni uchratib turibmiz. Erkak kishining taqinchoq taqishi to‘g‘risida muqaddas dinimizda nima deyilgan?

Nodirjon QOSIMOV, Farg‘ona viloyati.

 

Erkaklar uchun tilla taqinchoqlar harom. Jumladan, tilladan qilingan uzuk va soat taqish joiz emas. Shuningdek, erkaklar, garchi kumushdan bo‘lsa-da, ziynatlanish maqsadida bo‘yinlariga zanjir (tros), braslet, quloqlariga zirak kabi narsalarni taqishlari mumkin emas. Sababi, bu — ayollarga xos ishdir. Shariatda erkaklar o‘zlarini ayollarga o‘xshatishdan qaytarilgan. Jumladan, Ibn Abbos(r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Nabiy (s.a.v.) o‘zini erkaklarga o‘xshatuvchi ayollarni, ayollarga o‘xshashga harakat qiladigan erkaklarni la'natlaganlar (Abu Dovud, Ibn Moja, Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Erkaklar uchun kumush uzuk va tilladan bo‘lmagan soat taqishga ruxsat bor (kumush soat taqish borasida ulamolar o‘rtasida turlicha fikrlar mavjud). Shar'an va urfan ayollargagina xos narsalar erkaklar uchun haromdir. Xuddi shuningdek, erkaklargagina tegishli narsalar ayollar uchun harom sanaladi.

Jasurbek YUSUPOV,

Toshkent shahridagi Islom ota jome masjidi bosh imom-xatibi

 

(mahalladosh.uz)

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar