• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Mittilik kasalligiga chalinganlarga necha yoshdan nafaqa tayinlanadi?
Jamiyat

Mittilik kasalligiga chalinganlarga necha yoshdan nafaqa tayinlanadi?

  • 01.12.2021 / 17:12
  • 4536
  • 0
111

«Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida»gi Qonunining 13-moddasida gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar: erkaklar ish staji kamida 20 yil va ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lgan taqdirda umumiy pensiyaga chiqish yoshini 15 yilga qisqartirgan holda imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Ushbu moddaga asosan gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakana erkaklar 45 yoshga to‘lganda ish staji kamida 20 yil va ayollar 40 yoshga to‘lganda ish staji kamida 15 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

2021-yil 1-noyabr holatiga Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida mittilik kasaliga chalingan 44 nafar fuqaroga (shundan: 26 nafari ayollar) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib to‘lanmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar