• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Аndijonlik talabani urib o‘ldirgan uning tengdoshi voqea qanday bo‘lganini aytib berdi
Jamiyat
Huquq
Voqealar

Аndijonlik talabani urib o‘ldirgan uning tengdoshi voqea qanday bo‘lganini aytib berdi

  • 01.12.2021 / 17:28
  • 5357
  • 0
111

Toshkent shahar IIBB Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi o‘ldirilishiga oid voqea tafsilotlari yuzasidan maʼlumot berdi. Voqea aslida muassasaning 1 kurs talabalari o‘rtasidagi mojaroga aralashish oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.

Talabaning o‘limi yuziga tushgan zarba va buning oqibatida miyada qon quyilishi sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu universitetning 1-kurs talabalari Sunnat va Muhammadazizlar o‘zaro yarashib olishga kelishgan va qo‘l berishgan. Xuddi shu paytda universitetning 1-kurs talabasi Samandar kelib, ulardan o‘zaro yarashib olganini so‘ragan.

Voqeani kuzatib turgan jabrlanuvchi Sherzod ismli yana bir talaba ularga yaqinlashib, Samandarni voqeaga aralashmasligini talab qilgan. Yoshlar mojarosi chiqqan joyga Samandarning universitet talabasi bo‘lmagan do‘stlari Аbbos va Аlimbek ham aralashgan.

Og‘zaki janjal paytida Sherzod Аbbosni haqoratlagan, shundan so‘ng, u Sherzodning yuziga urgan. Zarba oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, o‘limga bosh miya yopiq jarohati va miya to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, voqea ishtirokchilarining ikkalasi ham 18 yoshda bo‘lgan.

Gumonlanuvchi muqaddam sudlanganligi maʼlum qilindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u talabani o‘ldirishni istamagan. Mazkur holat yuzasidan Аbbosga nisbatan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qism «b» bandiga (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, natijada jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan holat) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ehtiyot chorasi sifatida gumonlanuvchi qamoqqa olingan. Unga 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar