• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga ruxsat berildi, faqat...
Jamiyat
Iqtisodiyot
Madaniyat
Fan va ta'lim

O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga ruxsat berildi, faqat...

  • 03.12.2021 / 14:21
  • 2473
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalariga qo‘yiladigan talablarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 721-son qarorida belgilandi.

Xususan, endilikda dronlarning maksimal uchish vazni 25 kg dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, bundan qishloq xo‘jaligida agrotexnika tadbirlari uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalari mustasno, ularning uchish vazni 100 kg dan oshmasligi kerak.

Shuningdek, Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 116-bandi yangi tahrirda bayon etildi, unga asosan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 15 kun ichida amalga oshiriladi.

Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, nobudgarchiliklar miqdori o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy bo‘linmalari, Qurilish vazirligi qurilish bo‘lim (boshqarma)lari tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda aniqlanadi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar