Jurnalist Xurshid Daliev o‘zining telegram kanalida maktab o‘quvchilari orasida yana homildorlik holati kuzatilayotganini yozdi.
U bergan maʼlumotga ko‘ra, joriy yil avgust oyida Qoroaqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi maktablarning birida o‘quvchi 10 sinf qiz homilador bo‘lgan. Bundan tashqari, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 59-sonli maktabda o‘quvchi qizning homilasi 22 haftalik ekani aytilmoqda. Qizning homiladorligi shu yil 26-noyabr kuni maktab direktori ishtirokidagi yig‘ilishda maʼlum bo‘lgan.
Maktab o‘quvchilari orasida homiladorlik holati Toshkent viloyati Toshkent tumanida ham kuzatilgan. Jurnalist bu bo‘yicha batafsil maʼlumotni ochiqlamagan. Hozircha bu bo‘yicha masʼul tashkilotlar izoh bermadi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari