• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Deputat aralashuvi bilan yangi maktab quriladigan bo‘ldi
Fan va ta'lim

Deputat aralashuvi bilan yangi maktab quriladigan bo‘ldi

  • 29.12.2021 / 16:31
  • 4838
  • 0
111

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xursanoy Islamova nomiga kelib tushgan murojaat yuzasidan deputat Xonqiz qishlog‘ida o‘rganish olib  (https://mt.uz/yangiliklar/171)

Ma’lum bo‘lishicha, Xonqizda yashab, qishloqdoshlari mehriga sazovor bo‘lgan G‘anijon hoji Rahmonov 2005 yilda o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonidan 2 gektariga maktab qurish tashabbusi bilan chiqqan. Qishloq bolalarining Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan munosib insonlar bo‘lishini istagan otaxon uzoq yillar mobaynida juda ko‘p tashkilotlarga boradi. Lekin foydasi bo‘lmaydi. Chunki bu yerlar fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgani sababli ruxsat berilmagan.

Hoji otaning vafotidan so‘ng farzandlari yana maktab qurish masalasini ko‘tardi va bu bo‘yicha deputat Xursanoy Islamovaga murojaat qilishdi.

Deputat tegishli idora vakillari hamda qishloq ahli bilan ushbu masalani atroflicha o‘rgandi. Dalolatnoma tuzib, masalani tuman kengashi sessiyasida ko‘tardi va hal qilishga erishdi.

Aytish joizki, 320 o‘ringa mo‘ljallangan maktab qurish uchun 15 mlrd. so‘m atrofida mablag‘ zarur bo‘lishi hisob-kitob qilindi va yangi maktab qurilishi 2023 yilgi Davlat dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar