• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qashqadaryodagi chigit mojarosi aslida qanday boshlangan? IKKINCHI TOMON FIKRI
Jamiyat

Qashqadaryodagi chigit mojarosi aslida qanday boshlangan? IKKINCHI TOMON FIKRI

  • 06.01.2022 / 09:01
  • 4503
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Qashqadaryo viloyat va Kattaqoʻrgʻon shahar oʻrtasidagi chigit mojarosi kattagina shov-shuvlarni yuzaga keltirdi.

Samarqand viloyat Kattaqoʻrgʻon shahri hokimi, senator Gavhar Alimova tomonidan aytilgan fikrlar ham ijtimoiy tarmoqlarda anchagina hamda turli muhokamalarga sabab boʻldi.

AMMO ikkinchi taraf fikrlari hech kimni qiziqtirmadi.

Vodiy24.uz informatsion sayti bu masala boʻyicha oʻrganish olib bordi va dastlabki videoda ayrim masalalar ochiqlandi.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati mazkur holat yuzasidan quyidagilarni bayon qilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022-yilning 3-yanvar kuni “Buning nomi - feodalizm”. Qashqadaryo hokimining talabi norozilikka olib kelmoqda.” mavzusida berilgan maqola viloyat hokimligi tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi.

Haqiqatdan ham 2021-yil 28-dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida Yoʻl harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan chigit mahsuloti ortilgan 3 ta yuk transport vositalari toʻxtatilgan. 

Ichki ishlar xodimlariga oʻzini chigitni olib ketayotgan korxona ekspeditori deb tanishtirgan Komil ismli shaxs qogʻoz shaklidagi 94 tonna chigit mahsulotini “OQ SAROY KLASTER” MCHJdan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJga joʻnatilganligi haqida qoʻlda yozilgan (QR kodga ega boʻlmagan) yuk xatini taqdim qilgan. 

Lekin, taqdim etilgan hujjatlar orasida elektron hisobvaraq-faktura, birja savdosidan yutib olganligi toʻgʻrisida elektron “Tiket”, shartnoma va ishonchnoma boʻlmagan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori 2-ilovasi 67-bandida, “Tovarlar transport vositasida tashilganda elektron shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura QR kodga ega boʻlgan elektron tarzda yoki qogʻoz nusxasi chop etilgan holda tashuvchiga taqdim etilishi" belgilangan. 

 “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ olib ketayotgan chigit mahsuloti boʻyicha QR kodga ega boʻlgan hisobvaraq-faktura boʻlmaganligi va taqdim etilgan hujjatlarda shubha tugʻilganligi sababli 3 ta yuk transport vositalaridagi chigit mahsulotlari qonuniy ravishda vaqtincha saqlovga olingan. 

Shundan soʻng, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ xodimlari qachonki ichki ishlar xodimlari yukni toʻxtatib oʻrganishni boshlaganidan 1 sutkadan soʻng yaʼni 29-dekabr kuni soat 17-31 da “OQ SAROY KLASTER” MCHJ tomonidan rasmiylashtirilib, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJga 98,3 tonna chigit  yuborilgani, lekin sotib oluvchi tomonidan hanuzgacha elektron imzo bilan tasdiqlanmagan elektron hisobvaraq fakturasining qogʻoz nusxasini taqdim etmagan. 

Respublikada Soliq qonunchiligi takomillashib, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan Davlat soliq qoʻmitasida qoʻshilgan qiymat soligʻidan qochishning oldini olish va toʻgʻri hisoblash uchun elektron hisobvaraq fakturalarning axborot tizimi yaratilgan. Yaʼni har bir soliq toʻlovchi elektron axborot tizimi orqali sotilgan tovarni xaridorga joʻnatishdan avval elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi, oluvchi ham elektron imzo bilan qabul qilganligini tasdiqlashi lozim. Bu hisobvaraq-fakturalar Davlat soliq qoʻmitasidagi elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida shakllanadi va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash uchun asos boʻladi.

(Elektron hisobvaraq fakturasisiz, qoʻlda yozilgan qogʻoz yuk xati bilan tovarlarni realizatsiya qilish shubhali boʻlib, yuk xati faqatgina ortilgan tovarning yoʻldagi tekshiruvlari uchungina foydalanilib, keyinchalik yoʻqotilishi orqali soliqdan qochish ehtimoli katta).

Hozirda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ tomonidan “OQ SAROY KLASTER” MCHJdan elektron hisobvaraq-fakturasi rasmiylashtirilmasdan chigit mahsuloti olib ketilganligi yuzasidan tezkor oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda. 

Tezkor qidiruv tadbirlari oshkora va nooshkora usullarda oʻtkazilganligi sababli ayrim holatlar oshkor etilmaydi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar