• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim SIZ BORSIZ, DIYORIM BO'LGUSI OMON!
Fan va ta'lim

SIZ BORSIZ, DIYORIM BO'LGUSI OMON!

  • 12.01.2022 / 15:48
  • 2190
  • 0
111

Ne baxt, qadamingiz qadamlarimda,

Qo'llarimda titrar, titrar dasta gul.

Siz borsiz baxt kulgan xush damlarimda,

Kutmoqdami bizni tole degan yo'l.

 

Hayajon... Ko'zimdan quyilar yoshlar,

Qatorda alpqomat turar bo'yingiz.

Sizga eltdi meni sabr-u bardoshlar,

Mana, qarshingizda kutgan gulingiz.

 

Yurt sha'ni, yurt qadri yuragingizda,

Har zarbi Vatan deb urar begumon.

Tinchlik degan so'zki tilagingizda,

Siz borsiz, diyorim bo'lgusi omon.

 

Vatan himoyasi sharafdir, shondir –

Vatan ko'ksidagi arslonyurakka.

Vatanga qasamyod eng oliy ondir,

Qudrat lahzasidir arslonbilakka.

 

Qasamga sodiqlik jasorat demak,

Qasamga sadoqat – mardlik tumori.

Qasam tanda so'nmas harorat demak,

Qasam – er yigitning g'ururi, ori!

 

Sevgimiz erkalab o'tar onimiz,

Undan-da ulug'roq bir baxtni quchib.

Bu baxtga ulangan tan-u jonimiz,

U tomon har lahza borgaymiz uchib.

 

U – Vatan! Muqaddas ota makondir,

Sizdek o'g'lonlari qalqon diyorim.

Bunda osmon tinch-u, zamin omondir,

Siz bilan yashnagay baxtim, bahorim!

 

Siz bor, bahorimga yetmagay bir g'am,

Xalqim halovatin olmagay qayg'u.

Vatanin asragan o'g'lonin har dam –

Yaratganning o'zi asrasin mangu!

 

Shahnoza RAYIMOVA,

Qo‘qon DPI talabasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar