Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “folbin”lar koʻpayib ketdi. Goʻyoki shaxsini yashirib, u yoki bu yolgʻon xabarlar ortidan “piar” qilish ularga kasbga aylanmoqda.
AOKA Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Aslonovning taʼkidlashicha,“Fargʻonalik bloger” nomi bilan faoliyat yuritayotgan anonim profil egasi kuni kecha yana asossiz, yolgʻon xabar tarqatishni boshladi.
Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi, har kuni hokimlik, viloyat hokimi faoliyatidan xabardor odam sifatida shuni aytishim mumkinki, feysbukda tarqatilgan maʼlumotlar tuhmat va igʻvodan boshqa narsa emas.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasida katta maqsadlarni rejalashtirgan va shuni amalga oshirish yoʻlida xizmat qilmoqda.
Niqob ostiga berkinib, viloyat rahbari haqida ijtimoiy tarmoqlarda nomardlarcha va eng yomoni odamlarda turli shubha uygʻotuvchi tuhmatlar tarqatish kimnidir buyurtmasi, qandaydir kuchlar taʼsiri yoki manfaati boʻlishi ham mumkin.
Odamning ishchanlik kayfiyatiga taʼsir qiladigan bunday uydirma gaplarga mutlaqo ishonish kerak emas, deb oʻylayman.
Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali tuhmat qilish esa – jinoyat hisoblanishi esingizdan chiqmasin, deyiladi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari