“Erkak nimaga kerak”, degan psixologning gapini hattoki katta-katta din vakillari ham bir parchasini kesib olib ur kaltak, sur kaltak qilib yotibdi.
Balki men ham birinchi boshida ha psixolog yana qovun tushiribdida, deb yulib olingan parchaga salbiy munosabatda boʻlgan boʻlar edim. Ammo psixologning yutubdagi toʻliq videosini koʻrdim. Unda oilaviy munosabatlar haqida gapirilgan. Bolaligi obod boʻlmagan ota onalarning bolalarni tarbiyada noʻnoqligi gapirilgan.
Masalan deyapti ota “bola buvisinikiga boradi”, desa ona bormaydi, ota boradi, deydi ona buvisinikiga bormaydi, deydi va bolaning ruhiyati sinishi bilan hech kimning ishi yoʻq.
Bir ayol savol beribdi menga erim kerakmas, otasi farzandlariga kerakmas, ket desam ham ketmayapti, degan joyiga psixolog aytayapti, u odam hayotingizdan chiqib ketmayaptimi, demak hali nimalarnidir oʻzgartirishingizga imkon bor. Birovlardan ayb qidirguncha oʻzingizni oʻzgartiring deyapti.
Oʻzini yomon koʻradigan, oʻzidan koʻngli toʻlmagan odam qanday qilib boshqa birov bilan munosabat qila oladi, deyapti.
Afsuski, bizda koʻpchilikda oʻzini ayblash, oʻzini yomon koʻrish hissi kuchli, psixolog aytganidek “tupoy” ota-onalarning bosimidan oʻziga ishonchi yoʻq boʻlib katta boʻlgan bolalar koʻp.
Er nega kerak degan, gapiga kelsak u aytmoqchi: agar erkak uradigan boʻlsa, ichsa, pul topmasa, XIYONATKOR boʻlsa, bollari bilan oʻtirib dars qilmasa, suhbatlashmasa ER OʻZI nimaga kerak, degan savolni tashlayapti...
Oʻrtada muhabbat boʻlmasa yashashning nima keragi bor deyapti. Bolaga uradigan, azoblaydigan, zugʻumkor otadan koʻra otasiz yashagani ONASINING XOTIRJAMLIGI, KULGANI kerak deyapti.
Qaysingiz buni inkor qilasiz hurmatli erkaklar. U aytmoqchi erkaklarga OILANGIZNING BAXTINI AYOLdan SABRLI boʻlishni soʻrab emas, oʻzgarib yoʻlga qoʻying demoqchi. Nega oilalar ayolning qurbonligi evaziga saqlanishi, obroʻ qozonishi kerak demoqchi.
Yana aytmoqchiki, erkaklar haqiqiy ERKAK sifatida oʻz ustingizda ishlang, hurmatga zoʻrovonlik bilan emas mehr-muhabbat bilan erishing demoqchi.
Yana aytmoqchiki, erkak ayolni ham koʻchada ishlatib, ham uyning ishini qildirib, ham bola tarbiyasiga masʼul va ota onasini hurmat qilishga majburlab, yana undan MALIKA timsolini kutmang deyapti.
Erkaklik shaʼni ayolga zugʻum oʻtkazish, ayolga xoʻjayinchilik qilish, ayolning ustidan hukmronlik qilish ayolga moddiy, jismoniy, jinsiy, ruhiy zoʻrovonlik oʻtkazish bilan belgilanmaydi demoqchi...
Aytmoqchiki erkak sizni erkak boʻlib himoya qilsa, sizni tushunsa, sizni sabringizni toqatingizni sinamay shunchaki mehrli boʻlsagina ER bilan yashang, boʻlmasa keching demoqchi.
Bundan anglashiladiki, ayollar avvalgi mumsik, xokisor, sabrli, bardoshli, ICHIDAN ESA OʻTA BAXTSIZ ayol boʻlib yashamoqchi emas.
Koʻpchilik erkaklar psixologga tosh otguncha doʻppingiz boʻlsa doʻppini bir chetga qoʻyib, boʻlmasa divandan tushib oʻylab koʻring, oʻzgarish vaqti yetib kelmadimikan?! Oilangizni baxtli qilishi uchun ayolning SABRIdan foydalanish tushunchasi oʻzgarmadimikan?
Loaqal hozir oʻylab koʻring, oxirgi marta qachon oʻgʻlingiz bilan soatlab gaplashdingiz, biron marta choyxonadan ichib yoki choyxonadan kech kelganingizda bollaringizning oldida hijolat boʻlganmisiz, xotiningizdan-chi? Siz hijolat boʻlmaysiz, hijolat boʻlsangiz shaʼningiz yerga urilganday boʻladi. Nega hijolat boʻlmaysiz aytaymi siz ularni HURMAT qilmaysiz. Bolani bolada deb, xotinni xotinda deb hurmatga arzitmaysiz, demak siz hurmatni zoʻrovonlik bilan oladigan ZOʻROVONSIZ... Lekin ularning har biri shaxs, har biri butun bir dunyo, fikri bor, qarashlari bor INSON.
Oʻsha din olimining postiga juda koʻp fanatlari, umuman erkaklar ayol haqida aytilmagan gap qolmagan, shu qadar haqoratli gaplarni aytganki, psixolog aytganidek bu erkaklar oilasida xotinning, qizning, bolaning umuman qadri yoʻq...Bu psixolog toʻgʻri aytayapti, bunday erkaklar OILANI MUSTAHKAMLASHGA hecham tayyor emas...men aytmoqchimanki bunday erkaklardan qochinglar ayollar, toki sizni ham odam oʻrnida koʻrib fikringizni eshitadigan haqiqiy erkakni uchratmaguningizcha turmushga chiqmaganingiz maʼqul...
Aynan psixologni haqorat qilib yotganlar psixolog aytganidek gʻurbatli, muhabbatsiz oilada katta boʻlganlar.
Biz qachon oila masalasida, tarbiya masalasida muvaffaqiyat qozonamiz qachonki, oilalar kimningdir sabri evaziga emas, oʻrtadagi muhabbat orqali yashasagina....
Rostdan haqiqiy ERKAK degan nomga loyiq boʻlish vaqti allaqachon yetdi...Haqiqiy ERKAKlar erlik qilsin, otalik qilsin, oila BOSHLIGʻI sifatida hurmat qozonsin, OILAGA ER KERAK, AYOLLARGA ER KERAK, haqiqiy, mard, jasur, lavfzli, MEHRIBON...
Barno Sultonova
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari