14 fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Fargʻona shahar 29-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkil etildi. Unda vodiy24.uz tahririyati muxbirlari ham ishtirok etdi.
Tadbirda oʻquvchilar oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim va yirik davlat arbobi, mahoratli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va hayot yoʻli xususida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtishdi.
Mavzuga doir sahna koʻrinishlari, va yoshlar tomonidan ijro qilingan taronalar, raqslar va oʻqilgan gʻazallar, ruboiy hamda tuyuqlar tadbirga oʻzgacha fayz ulashdi.
Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan maqsad, buyuk bobokalonlarimiz, yirik davlat va jamoat arboblari nomlarini yod aylab, yoshlarning ular haqidagi bilim va koʻnikmalarini yanada boyitibgina qolmay, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari